Gaziev Muzaffar Anvarovich – 1982 yili 5 iyul kuni Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida tug‘ilgan. 2008 yil Toshkent moliya institutini tamomlagan. Ma’lumoti– oliy, mutaxassisligi – moliyachi.
 

MEHNAT FAOLIYATI:

1999-1999 yy. - “Muzaffar” Xususiy Korxonasi oddiy ishchi;

1999-2002 yy. - Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, Ixtisoslashgan Oliy biznes maktabi talabasi;

2000-2001 yy. - 458-MPMK “Uzagrostroy” 2-razryadli g‘isht teruvchi;

2001- 2005 yy. - “Muzaffar” Xususiy Korxonasi mol yetkazib beruvchi, hisobchi;

2003-2008 yy. - Toshkent moliya instituti talabasi (bakalavr);

2006-2007 yy. - Bektemir tumani Moliya bo‘limi bosh iqtisodchisi - “Byudjetdan mablag‘ oluvchi korxonalar shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va xarajatlarni to‘lanishini nazorat qilish bo‘limi” bosh iqtisodchisi;

2007-2009 yy. - Bektemir tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va narx monitoringi sektori boshlig‘i;

2009-2016 yy. - Bektemir tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i;

2016-2017 yy. - Uchtepa tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i;

2017-2021 yy. - Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

2021 y. - h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Moliya boshqarmasi boshlig‘i;