Fayziev Rovshan Xusanovich – 1974 yili 15 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996 yil Toshkent davlat texnika universitetini, 2007 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini ta’momlagan. Ma’lumoti – oliy, mutaxassisligi – muhandis-energetik, iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha). Bozor iqtisodiyoti va tamoyillari.
 

MEHNAT FAOLIYATI:

1991-1996 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti talabasi.

1996-1998 yy. - V.P.Chkalov nomidagi «Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi» energetik uskunalarni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ustasi, muhandisi.

1998-2004 yy. - Toshkent shahar Iqtisodiyot bosh boshqarmasi tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish prognozlari va monitoringi bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari.

2004-2008 yy. - Toshkent shahar Iqtisodiyot bosh boshqarmasi tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish prognozlari va monitoringi bo‘limi boshlig‘i.

2008-2008 yy. - Toshkent shahar Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hududiy boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.

2008-2009 yy. - Toshkent shahar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi.

2009-2011 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Toshkent shahar mintaqaviy boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.

2011-2013 yy. - Toshkent shahar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig‘i.

2013-2014 yy. - Toshkent shahar Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.

2014-2016 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi «Davlat ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va me’yorlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi, bosh boshqarma boshlig‘i.

2016-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.

2017 y. - h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi direktori.