Abdullaev Umarjon Shokirovich – 1980 yili 12 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2004 yil Toshkent avtomobil yo‘llari institutini ta’momlagan. Ma’lumoti – oliy, mutaxassisligi - avtotransport menejment.
 

MEHNAT FAOLIYATI:

1997-2014 yy. - “3-Avtobus saroyi”OAJ avtochitlangar, mexanik, katta nozim, tasarruf bo‘lim boshlig‘i, tasarruf bo‘yicha rais o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, harakat xavfsizligi bo‘lim boshlig‘i.

2014-2014 yy. - “5-son avtokorxona” OAJ boshqaruv raisining tashishni tashkillashtirish bo‘yicha o‘rinbosari.

2014-2017 yy. - Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish davlat inspektsiyasi bo‘limi 1-toifali mutaxassisi - davlat inspektori.

2017-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Sanitar tozalash sohasidagi ishlarni tashkillashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi.

2018-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish boshqarmasining Chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limi boshlig‘i.

2019 y. - h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i.