Diqqat, tanlov! «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim»
11.
08. 2020
22:22
5471
News

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» shiori ostida Respublika tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, davlat tilini milliy qadriyat sifatida targ‘ib qilish, unga nisbatan milliy g‘urur hissini tarbiyalash, tilimizning xalqaro mavqeini mustahkamlash, davlat tiliga oid muammolarni hal etishga ijodiy yondashuvni rivojlantirishdan iborat.

Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:

Eng yaxshi badiiy asar (she’riy asar – 30 misragacha; nasriy hikoya – hajmi 3600 bosma belgigacha);

Eng yaxshi publitsistik maqola (ocherk, lavha – hajmi 5400 bosma belgigacha);

O‘zbek tilining xorijdagi eng yaxshi targ‘iboti (o‘zbek millatiga mansub yoki chet el fuqarolari tomonidan yaratilgan xorijda o‘zbek tilini targ‘ib qilishga qaratilgan ilmiy, badiiy, musiqiy asarlar hamda audio, video mahsulotlar);

Eng yaxshi ijtimoiy roliklar (audio, videorolikning davomiyligi 3 daqiqagacha);

Tanlov g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Eng namunali, g‘oyaviy-badiiy pishiq ijodiy ishlar ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib etiladi.

Ijodiy ishlar shu yilning 20 sentyabriga qadar «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» sarlavhasi ostida info-til@gov.uz elektron pochtasi yoki @Til_tanlovBot telegram manzili orqali onlayn qabul qilinadi.

Tanlov yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni www.til.gov.uz, www.manaviyat.uz saytlari hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tanlov bo‘yicha mas’ul xodimlari Muhtarama Ulug‘ova (+998) 99 847-69-41, Dilmurod Do‘stbekov (+998) 97 752-33-99 bilan telefon orqali bog‘lanib olishingiz mumkin.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources