Qoraqalpog‘iston: Baliq ovlari qimmatga tushmoqda
12.
06. 2020
11:42
5428
Econadzor

Brakonerlikka qarshi kurash oyligi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham keng ko‘lamli chora-tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimidagi inspektorlar noqonuniy ov va baliq ovlash bilan shug‘ullanadigan qonunbuzarlarga va o‘simlik dunyosidan noqonuniy foydalanadigan, daraxt va butalarni ruxsatsiz kesadigan huquqbuzarlarga qarshi keskin kurashmoqda.

Jumladan, o‘tkazilgan reyd tadbirida Taxtako‘pir tumani «Dauran qos» ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar Sh.E. va K.D. tomonidan 52 dona ilonbaliqlar ovlangani aniqlandi. Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan 11 million 596 ming so‘m zarar hisoblandi va sud organiga o‘tkazish uchun hujjatlar tayyorlandi. Ashyoviy dalil sifatida olingan baliqlar Nukus shahridagi Nogironlar uyushmasiga xayriya ehson sifatida topshirildi.

Baliq ovi man qilingan bir paytda joriy yil may oyining o‘zida 19 ta noqonuniy baliq ovlash holati kuzatildi. Bularning barchasi uchun 124 million 292 ming so‘m miqdorida zarar hisoblandi va tegishliligi bo‘yicha sud hamda prokuratura organlariga o‘tkazildi. Birgina iyun oyining o‘tgan davrida 7 ta fakt aniqlanib, qariyb 35 million so‘m jarima va zarar hisoblangan.
 

E.Qanoatov, O‘zA

Manba: http://uza.uz/oz/society/bali-ovlari-immatga-tushm...


 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources