Andijonda o'rnatilgan kuzatuv kameralari orqali navbatdagi huquqbuzarlik aniqlandi
30.
10. 2023
15:14
2196
News

Andijon viloyati, Andijon shahrida chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarlik aniqlandi. Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan Andijon shahrida o'rnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlandi.

O‘rganish natijasida fuqaro X. A. Andijon shahridagi "Bo'ston siti" hududida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani ma'lum bo‘ldi. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-Prim 1-moddasiga ko‘ra ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. X.A. bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari — 1 million 650 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Unutmang! Atrof-muhit tozaligi uchun barchamiz birdek mas'ulmiz.

Useful resources