Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani. Munosabat
17.
12. 2021
16:43
4843
Econadzor

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani «Xo‘ja Abdujabbor» qishlog‘ida yerning cho‘g‘ bo‘lib yonayotganligi, sababining noma’lumligi, yomg‘ir yog‘ishiga qaramasdan cho‘g‘ning yonishda davom etayotganligi to‘g‘risidagi murojaat Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, «Hududgazta’minot» tuman filiali vakillaridan iborat guruh tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida taxminan 0,10 ga yer maydon avval yonib o‘chganligi va hozirgi kunda taxminan 0,01 ga yer maydoni ustidan tutun chiqib atrofga badbo‘y hid tarqalayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Shu bilan birga ushbu qishloqda yashovchi oqsoqollar tomonidan bu joy taxminan 50-70 yillar oldin chuqurlik joy bo‘lib, qamishzor bo‘lganligi va yillar o‘tib qamishlar ustiga tuproq yopilib ketganligi ta’kidlandi.

O‘rganish davom etmoqda. Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, yer ostida qolib ketgan qamishlar qizishi va chirishi natijasida ushbu holat yuzaga kelgan.

Batafsil ma’lumotlar qo‘shimcha tarzda ma’lum qilinadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources