BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturining iqtisodiy forumi
19.
11. 2021
23:33
4592
International cooperation

Ayni kunlarda Toshkent shahrida BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun Maxsus dasturining iqtisodiy forumi o‘z ishini boshlab, u 18 noyabrga qadar davom etdi. 2021 yilda mazkur forum BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun Maxsus dasturi mintaqasi uchun barqaror savdo va transportni rivojlantirish, shuningdek, pandemiyadan so‘ng iqtisodiyotning tiklanishiga bag‘ishlanadi.

Eslatib o‘tamiz, BMTning Markaziy Osiyo uchun Maxsus dasturi 1998 yil 26 mart kuni Markaziy Osiyo prezidentlari, shuningdek, BMT Yevropa iqtisodiyoti komissiyasi hamda Osiyo va Tinch okeani uchun BMT Iqtisodiyoti komissiyalari ijrochi kotiblari tomonidan imzolangan Toshkent deklaratsiyasi bilan ta’sis etilgan. Asosiy maqsadi mazkur davlatlarning iqtisodiy rivojlanishiga, hamkorlikka, shuningdek, Yevropa va Osiyo iqtisodiyotlarini integratsiya qilishga ko‘maklashish hisoblanadi.

Mazkur Forumning O‘zbekistonda xalqaro tadqiqotlar, loyihalarning tahlili hamda mintaqada hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan VI sessiyasida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Jusibek Kazbekov o‘z taqdimoti bilan ishtirok etib, O‘zbekistonda ekologik faoliyat samaradorligi bo‘yicha BMT Yevropa iqtisodiyoti komissiyasining sharhi bo‘yicha tahlillarni taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, BMT Yevropa iqtisodiyoti komissiyasi tomonidan tashkil etiladigan ekologik faoliyat samaradorligining sharhi (ing. Environmental Performance Review — EPR) ekologik siyosatni yaxshilash bo‘yicha u yoki bu mamlakat tomonidan erishilgan yutuqlarni baholash jarayonlarini o‘zida aks ettiradi.

Sharx BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining ekologik siyosat bo‘yicha Qo‘mita shafeligida o‘tkaziladi.

Ta’kidlanganidek, BMT Yevropa iqtisodiyoti komissiyasi ekspertlari, Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining ekologik faoliyat samaradorligining (EFSSh) 3-sharhi tayyorlandi.

O‘zbekiston Respublikasining EFSSh muvofiq baho, xulosa hamda tavsiyalarni o‘z ichiga olgan 17 ta bob, 539 betdan iborat.

Mamlakatimizda ekologik faoliyatni yaxshilash bo‘yicha erishilgan yutuqlarni baholash jarayonlari O‘zbekistonda birinchi marta 2001 yilda, ikkinchi marta 2009 yilda amalga oshirilgan. O‘zbekiston Respublikasida ekologik faoliyat samaradorligining 3-sharhi 2018 yil oktyabrda boshlangan. Bayon etilgan sharhni tayyorlash uchun 2019 yil 23 fevraldan 7 martga qadar xalqaro ekspertlar tashrif buyurishgan.

O‘zbekiston Respublikasida ekologik faoliyat samaradorligining 3-sharhi me’yoriy-huquqiy va strategik asoslar, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasi tadbirlarini moliyalashtirish, “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini joriy qilish, atmosfera havosini muhofaza qilish, suv resurslarini boshqarish, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish, biologik xilma-xillikni saqlash hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq mamlakat uchun muhim bo‘lgan masalalar yoritilgan.

Bundan tashqari, 3-sharh respublikamizning ekologik aspektlarni energetika, transport, o‘rmon xo‘jaligi, turizm, aholi salomatligi va aholi punktlarini rivojlantirish, ekologik ta’lim sohasidagi siyosatga integratsiya qilish bo‘yicha s’ay-harakatlarni o‘z ichiga olgan.

Shu bilan birga bayon etilgan iqtisodiy forum doirasida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari J. Kazbekov BMT YeIK ijrochi kotibi o‘rinbosari D. Maryasin bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va jadallashtirish, xususan, mamlakatimizning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro konventsiyalarga a’zo bo‘lish masalalari muhokama etildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources