O’zbekiston Respublikasining asosiy yer usti suv oqimlari manbalari bo’lib Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzalari hisoblanadi, ularning ko’p yillik o’rtacha umumiy oqimi 115,6 km3ni tashkil etadi, shu jumladan Amudaryo havzasida 78,46 km3 va Sirdaryo havzasida 37,14 km3 suv hosil bo’ladi. O’zbekistonning suv resurslari Orol dengizi havzasi ega bo’lgan umumiy suv resurslarining faqat bir qismini tashkil etadi. Ushbu havzaga yer ustki suv manbalari bo’lmish va bevosita Orol dengiziga quyiladigan Markaziy Osiyoning Amudaryo va Sirdaryo kabi yirik daryolari, shuningdek gidrografik jihatdan havzaga yaqin bo’lgan hamda Orol botiqligida joylashgan daryolar kiradi. 2.2.1.1 rasm. O’zbekiston hududida bevosita shakllanadigan suv resurslarining hissasi Amudaryo havzasi bo’yicha - 6% ni, Sirdaryo havzasi bo’yicha - 16% ni, umuman respublika bo’yicha olganda umumiy oqimning tahminan 8% ni tashkil etadi.
Orol dengizi havzasining suv resurslarining deyarli barchasi qishloq xo’jaligi va iqtisodiyotning turli sohalarida foydalaniladi. Suv taqchil yillarda Sirdaryo havzasidan suv olish koeffitsiyenti 1 dan ortiqni tashkil etadi. Bu zovur va tashlama suvlaridan suqorishda qayta foydalanilishini anglatadi....(to`liq)