Inson tomonidan yuritilgan xo’jalik faoliyatining jadal rivojlanishi tabiat imkoniyatlarini va uning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olmay turib, "XXI asrga yo’l" Rim klubining ishlaridan birida ta’kidlanganidek, Yer yuzidagi barcha qarama-qarshiliklar: tuproq eroziyasi, o’rmonlarning yo’q bo’lib ketishi, baliqlarning ortiqcha ovlanishi, kislotali yomqirlar yoqishi, atmosferaning ifloslanishi, ozon qatlamining buzilishi va hokazolar"ning yuzaga kelishiga olib keldi.
Respublikamizda aholi zichligining ko’rsatkichi 1980 yildagi bir kvadrat kilometrga 35,6 kishidan 2002 yilga kelib 55,8 kishigacha ortdi. Aholi sonining ortib borish sur’atlarini hisobga olib, 2010 yilda Respublika aholisi 28,5-28,7 million kishini tashkil etishi taxmin qilinmoqda.
Aridli hudud (quruq mintaqa) sharoitlarida, aholi soni o’sishi bilan antropogen ta’sir (suvga va hayot uchun zarur bo’lgan boshqa vositalarga nisbatan ehtiyojning o’sishi) ortadi. Bu respublikamiz aholi zich yashaydigan hududlarida qo’shimcha ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy bosimni vujudga keltiradi.
O’zbekiston hududida iqlimning global va mintaqaviy o’zgarishining oqibatlarini baholash 2030 yillarga kelib, shimoliy hududlarda o’rtacha yillik haroratning 2-3 darajaga va respublika janubiy qismida 1 darajaga o’sishi kutilmoqda (toqli hududlarga kamroq ta’sir ko’rsatilishi mumkin)...To`liq