O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar,
suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya Qo‘mitasi, O‘zbekiston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Mirzo Uluhbek
nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti tashabbusi bilan "2010 yil -
Barkamol avlod yili"ga bahishlab
"Ekologik dolzarb muammolar va ularni hal etishda yoshlarning
roli" mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.
Uchrashuvda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi
masalalari va ekologiya Qo‘mitasi raisi - X.R.Razzakov, O‘zbekiston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi N.M. Umarov, Mirzo
Uluhbek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining a’zosi h.I. Muhammedov, O‘zbekiston Respublikasi
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining yetakchi mutaxassislari, xalqaro
tashkilotlar - Global ekologik jamharmasining O‘zbekistondagi Kichik
grantlar dasturi, Britaniya Kengashining vakillari, O‘zbekiston Milliy
universitetining professor-o‘qituvchilari, aspirant va magistrlari, talaba yoshlar
hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad
- bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri - ekologik muammolarni, jumladan
iqlim o‘zgarishi, biologik
xilma-xillikni saqlab qolishda yoshlarning roli va ahamiyatini muhokama
qilishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar, barqaror rivojlanish maqsadlarida
bioxilma-xillikni saqlab qolish tajribasi, iqlim o‘zgarishi borasida
xalqaro harakat - 2009 tashabbusi, global ahamiyatga ega va Markaziy Osiyo
uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan ekologik muammolarni xal qilishda Global ekologik jamharmasining
Kichik grantlar dasturi hamda Ta’lim barqaror rivojlanish maqsadlarida
konsepsiyasi to‘hrisida yoshlarga to‘liq
ma’lumot berdilar.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, biologik xilma-xillikni
saqlashda, flora va faunadan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va umuman barqaror
rivojlanishga erishish jarayonlari har bir insonning faoliyatiga taalluqliligi
to‘hrisida fikr almashildi. Muzokaralar davomida mazkur
jarayonlarda yoshlarning ishtirok etishi to‘hrisida takliflar bildirildi.