|
|
|
Yangiliklar
|
Atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan barqaror foydalanishning dolzarb masalalari
|
O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya instituti, "Ekosan" xalqaro jamoat fondi, "Chinor" Ekologik nashriyot kompaniyasi hamkorlikda joriy yilning 6 aprel kuni Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida "Atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan barqaror foydalanishning dolzarb masalalari" mavzusida uchrashuv tashkil etdilar. Uchrashuv O’zbekiston Respublikasining Barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’lim Konsepsiyasini amalga oshirish hamda O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya instituti bilan hamkorlikdagi «Ekologiya va suv resurslarini boshqarish» kafedrasini soha bo’yicha ishlab-chiqarish bilan uzviy aloqasini ta’minlash, talabalarga bilim berish va professor-o’qituvchilar malakasini oshirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek joriy va ishlab-chiqarish amaliyotini tashkil qilish, amaliy va xomiylik yordam ko’rsatish bo’yicha qo’shma rejasida belgilangan tadbirlar doirasida o’tkazildi. Uchrashuvda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi mutaxassislari, Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi Agentligi vakillari, yurist-ekologlar bugungi kunning dolzarb bo’lib turgan ekologik muammolari, ularni oldini olish yo’llari, bu borada respublikada olib borilayotgan faoliyat to’g’risida yig’ilganlarga ma’lumot berdilar. Jumladan, jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan va insoniyatni tashvishga solib kelayotgan asosiy muammolardan - suv resurslaridan oqilona foydalanish, Orol dengizi inqirozi, chiqindilarni to’planishini kabi muammolar, ularni hal qilishda yoshlarning, bo’lajak mutaxassilarning roli to’g’risida fikr almashildi.
|
|
|
Bioxilma-xillik muhofazasi uchun axborot resursi
|
O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi "CHINOR" ekologik nashriyot kompaniyasi bilan hamkorlikda joriy yilning 3 aprel kuni O’zbekiston milliy matbuot markazida ekolog-ekspertlar, olimlar hamda OAV vakillari ishtirokida "Jamoatchilik xabardorligi - bioxilma-xillikni muhofaza etishning muhim omili" mavzusida matbuot anjumanini tashkil etdilar. Mazkur tadbirning asosiy vazifasi OAV vakillari hamda barcha qiziquvchi shaxslarni Atrof-muhitni muhofaza qilish va Barqaror rivojlanish sohasida eng yaxshi jurnalistik ish uchun "Qoplon - 2012" Respublika tanlovining rasmiy boshlanganligidan habardor qilish. Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarining muhimligi hamda dolzarbligini hisobga olib, barcha qiziquvchi shaxslarga erkin ekologik axborot olish uchun sharoitlarni yaratish, shuningdek, o’tgan yillar mobaynida to’plangan boy tajribani e’tiborga olgan holda joriy yildagi jurnalistlar uchun "Qoplon - 2012" tanlovi rivojlanish va innovatsiyalar uchun yangi impuls oldi. O’tgan yillardagidek, tanlovning asosiy maqsadi 2012 yilda OAV vakillarini O’zbekiston, Markaziy Osiyo, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar uchun muhim hisoblangan atrof-muhitni muhofaza qilish mavzusiga va ekologik komponentlarga bo’lgan qiziqishlarini oshirish. Mazkur tanlovning asosiy komponenti - tabiatni muhofaza qilish faoliyati bo’yicha aholining xabardorlik darajasini oshirish jarayonlariga jamoatchilik va yoshlarni faol jalb etish, shuningdek, hududiy OAV vakillari bilan hamkorlik aloqalirini yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbirlardir.
|
|
|
22 mart - Butunjahon Suv resurslari kuni
|
O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Toshkent davlat yuridik instituti hamda "EKOSAN" jamoat fondi joriy yilning 16 mart kuni "22 mart - Butunjahon Suv resurslari kuni" ga bag’ishlangan "Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning dolzarb masalalari" mavzusida matbuot anjumanini tashkil etdilar. Tadbir ishida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari va mutaxassislari, jamoat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.Butunjahon Suv resurslari kuni har yil 22 mart kuni nishonlanadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1992 yil Rio de Janeyro shahrida "Atrof-muhit va taraqqiyot" mavzusida bo’lib o’tgan konferensiyasida jahon jamoatchiligining e’tiborini suv muammosiga jalb qilish maqsadida har yili 22 mart kunini "Butunjahon suv kuni" sifatida nishonlash to’g’risida qaror qabul qilingan. Unda ichimlik suvidan tejamkorlik bilan, isrof qilmasdan foydalanish masalalarini yo’lga qo’yish yuzasidan takliflar ham qabul qilingan. Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsad aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash muammolarini hal qilish uchun tegishli chora-tadbirlarni qabul qilishga ko’maklashish, toza ichimlik suvini muhofaza qilishning muhimligi to’g’risida jamoatchilikni xabardor qilishdir.
|
|
|
O’zbekiston: muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi
|
O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining O’rmon xo’jaligi Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 11 yanvar kuni qo’riqxonalar va milliy bog’lar kuni munosabati bilan "O’zbekiston: muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi" mavzusida davra suhbatini tashkil etdilar. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi O’zbekistonning biologik xilma-xilligini muhofaza etishda asosiy o’rinni egallaydi. O’zbekistonning Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimiga 8 ta davlat qo’riqxonasi, Quyi-Amudaryo biosfera rezervati, 2 ta milliy tabiat bog’, 9 ta buyurtmaxona va jonivorlarning noyob turlarini ko’paytirish bo’yicha respublika "Jayron" ekomarkazi kiradi. Mazkur tizimda davlat tabiat qo’riqxonalari asosiy o’rinni egallaydi. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat qo’riqxonalari hududlari qat’iy muhofaza rejimi ostida bo’lib, unda yil davomida yovvoyi tabiatni muhofaza qilish borasida kuzatuvlar olib boriladi. Qo’riqxonalarning asosiy maqsadi qimmatli tabiiy ob’yektlar, landshaftlar, noyob va qimmatli o’simliklar hamda hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdir. Bugungi kunda qo’riqxonalarda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar aholi o’rtasida muhofaza etiladigan yovvoyi tabiat boyliklarining muhimligini anglash, Yer yuzidagi hayotni saqlashda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o’rni bilan bog’liq keng targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borishga da’vat etilgan.
|
|
|
Barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’lim Konsepsiyasi: reja va istiqbollar
|
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi hamkorlikda joriy yilning 14 dekabr kuni Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo’mitasida "O’zbekiston Respublikasining Barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’lim Konsepsiyasi: reja va istiqbollar" mavzusida davra suhbatini tashkil etdilar. Davra suhbati ishtirokchilari ta’kidlaganidek, mazkur konsepsiya avvalgi "Respublikada ekologik ta’limni rivojlantirish va ekolog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish istiqbollari Konsepsiyasi"ni kelgusida rivojlantirish zarurligi sharti bilan ishlab chiqilgan. "Respublikada ekologik ta’limni rivojlantirish va ekolog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish istiqbollari Konsepsiyasi"ni amalga oshirish jarayonida ekologik ta’lim hamda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish masalasi mamlakatdagi ta’lim tizimining barcha darajadagi o’quv jarayonlariga integratsiya qilingan (maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda oliy ta’lim muassasalari).
|
|
|
Transport ekologiyasining huquqiy asoslari va yo’l harakati xavfsizligi
|
O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Toshkent avtomobil yo’llari instituti (TAYI), Innovatsion texnologiyalar va ekologik novatsiyalar markazi hamda TAYI qoshidagi Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi hamkorlikda joriy yilning 6 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlab "Transport ekologiyasining huquqiy asoslari va yo’l harakati xavfsizligi" mavzusida uchrashuv tashkil etdilar.Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi, Agrar va suv xo’jaligi masalalari qo’mitasining Ekoharakt deputatlar guruhi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent avtomobil yo’llari instituti hamda Toshkent davlat yuridik instituti, shuningdek OAV vakillari ishtirok etdilar.Konstitutsiyamizning 50-moddasi fuqarolarning atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majbur ekanliklari, 55-modda esa ulardan oqilona foydalanish zarurligini mustahkamlab qo’ygan. Konstitutsiyaning mazkur tamoyillarga muvofiq milliy ekologik qonunchilik rivojlanmoqda, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy nazorati amalga oshirilmoqda.
|
|
|
Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuv
|
O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan joriy yilning 29 noyabr kuni Toshkent shahrida "Kimyoviy moddalarni oqilona boshqarish uchun integratsiyalashgan milliy dasturni ishlab chiqish va O’zbekiston Respublikasida Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuvni (KMXBSYO) amalga oshirish" loyihasinining bajarilish rejasiga muvofiq "Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuv. O’zbekistonda Milliy profilni tayyorlash" mavzusida seminar tashkil etildi. Seminar ishida kimyo sohasidagi mutaxassislar, vazirliklar, idoralar hamda jamoat tashkilotlari, yirik sanoat korxonalari vakillari, ekolog olimlar hamda OAV lari ishtirok etdilar.Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, ishlab chiqarishni kengaytirish hamda kimyoviy moddalarni qo’llash kontekstida inson salomatligi va atrof - muhit holatini yaxshilashda avvalo kimyoviy moddalarni xafvsiz boshqarish talab etiladi.Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuvaholi salomatligini ta’minlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorlik doirasidagi muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.
|
|
|
Jamoatchilik Kengashi - davr talabi
|
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) va boshqa fuqarolik institutlari rolining oshishi jamiyatni demokratlashtirish, fuqarolik jamiyatni shakllantirish hamda mamlakatimizni jahon hamjamiyatiga integratsiyasi bo’yicha oldinga qo’yilgan maqsadni amalga oshirishda hal qiluvchi omillardan biriga aylanib bormoqda. Mamlakatimizni demokratik yangilanish jarayonida dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy hamda ekologik muammolarni hal qilishda fuqarolik institutlarining ahamiyati va rolini oshirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonuniy aktlar qabul qilingan. Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi hamda uning joylardagi hududiy bo’linmalari atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida fuqarolik jamiyatining turli institutlari- respublika "Mahalla" xayriya jamg’armasi, "Ekosan" xalqaro fondi, O’zbekiston Ekologik harakati, ekologiya sohasida faoliyat olib borayotgan NNTlar, fan va ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan o’zaro manfaatli hamkorlikda faoliyat olib bormoqdalar.
|
|
|
Rio+20 konferensiyasiga tayyorgarlik
|
Joriy yilning 28 oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Iqtisodiyot vazirligi BMT TDning O’zbekistondagi vakili bilan hamkorlikda Braziliyada bo’lib o’tadigan «Rio + 20» konferensiyasiga tayyorgarlik bo’yicha davra suhbatini tashkil etdilar. Rio+20 konferensiyasi 2012 yil iyun oyida Braziliyada o’tkazilib, u 1992 yil Rio-de-Janeyroda BMT ning atrof-muhit va rivojlanish bo’yicha Xalqaro Konferensiyasining 20 yiligiga, shuningdek, 2002 yil Yoxannesburgda barqaror rivojlanish bo’yicha Xalqaro Sammitning 10 yilligiga bag’ishlanadi. Mazkur anjumanda asosiy e’tibor qator muammolar bilan birga "yashil iqtisodiyot" ni rivojlantirish, shuningdek, barqaror rivojlanish uchun yangi institutsional tizimni tashkil etish masalalariga qaratiladi.
|
|
|
ATROF MUHIT MUHOFAZASINING USTUVOR VAZIFALARI
|
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo’jaligi masalalari va ekologiya qo’mitasi hamda Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi tomonidan tashkil etilib, shu yil 26 oktyabr kuni O’zbekiston milliy matbuot markazida «Atrof muhitni muhofaza qilish: muammolar va ularni hal etish yo’llari» mavzuida bo’lib o’tgan davra suhbati atrof muhitni muhofaza qilishni yanada rivojlantirish masalalariga bag’ishlandi.Davra suhbatida ta’kidlanganidek, mamlakatda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikni va atrof muhit muhofazasini boshqarish tuzilmasini rivojlantirish hamda takomillashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Atrof muhitni muhofaza qilish, sanitariya va gigiyena sohasida jahon standartlariga mos dasturlar va harakat rejalari ishlab chiqilgan bo’lib, ular amalga oshirilmoqda. Chunonchi, har yili suv resurslaridan foydalanish joriy ehtiyojning 80 foizini tashkil etadigan O’zbekistonda suv resurslarini barqaror boshqarishga, suvni ifloslanish va kamayib ketishdan muhofaza qilishga, suv ob’yektlari holatini yaxshilashga alohida e’tibor berilmoqda. Suv resurslarini boshqarish tizimining institutsiyaviy va qonunchilik bazasi mustahkamlanmoqda, monitoring qilish va axborot tizimi takomillashtirilmoqda. Kundalik turmushda va kommunal xo’jalikda suvdan foydalanishni yaxshilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yanada yaxshilash bo’yicha qator normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat dasturi qabul qilingan. Natijada so’nggi yillarda Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarini suv bilan ta’minlash, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisiga berilayotgan ichimlik suvining sifati ancha yaxshilandi. Qashqadaryo viloyatida Dehqonobod va Kitob-Shahrisabz, Namangan viloyatida Uchqo’rg’on-Namangan, Andijon viloyatida Xonobod-Andijon, Jizzax viloyatida Zomin mintaqaviy suv quvurlari yotqizildi.
|
|
|
|
|
|