Sohada jamoatchi isnpektorlarga guvohnomalar topshirildi
08.
07. 2020
16:57
5220
Yangiliklar

Davlat Ekologiya qo‘mita tashabbusi bilan Toshkent shahar boshqarmasi hamda xodimlar malakasini oshirish o‘quv-markazi hamkorligida sohada yana bir xayrli ishga qo‘l urildi. Ya’ni, joylarda qonun buzilish holatlarini o‘z vaqtida bartaraf etilishi yuzasidan jamoatchi inspektorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish mexanizmi shakllantirilmoqda. Respublika miqyosida jami 7 mingga yaqin jamoatchi inspektorlar bepul o‘qitilib, malakali mutaxassislar tomonidan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar dars jarayonida batafsil tushuntirildi.

Davlat Ekologiya qo‘mitasi raisi Shavkat Abdurazakov jamoatchi inspektorlarga shaxsan o‘zi sertifikat va maxsus guvohnomalarni topshirar ekan, tabiat muhofazasi sohasida jamoatchilikning o‘rni va afzalliklari xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Birgina Toshkent shahrining har bir mahallasidan tanlov asosida bir nafardan jamoatchi inspektorlar tanlab olinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar