Fotofakt. O‘zbekistonning eng baland nuqtasi qaerdaligini bilasizmi?
08.
07. 2020
14:39
5138
Yangiliklar

Qashqadaryo viloyatidagi Hisor tog‘ tizmalari – tabiatning so‘lim va xushmanzara maskanlaridan biri.

Ushbu tog‘ tizmasining butun hududi yagona massiv sifatida sharqdan g‘arbga 37, shimoldan janubga esa 90 kilometrga cho‘zilgan. Cho‘qqilarining balandligi 2500 metrdan 4421 metrgacha. Xususan, Hazratsulton tog‘i 4266, Xo‘ja-kirshavor 4303, To‘rtqo‘ylik 4366, Bibi-O‘lmas 4349 metrni tashkil etadi. O‘zbekistonning eng baland nuqtasi ham Hisor davlat qo‘riqxonasining To‘rtqo‘ylik tog‘idagi, dengiz sathidan 4421 metr balandlikda joylashgan nomsiz cho‘qqidir.

Tog‘ tizmasidan moviy suvli tog‘ ko‘llariga quyilib oqadigan daryolar boshlanadi. Aynan Hisor kengliklarining tor daralarida daryo suvlari ochib qo‘ygan yer qobig‘ini ko‘rish mavjud bo‘lgan dunyoning 4 geologik qo‘riqxonalaridan biri joylashgan. Tog‘ kengliklarida albatta g‘orlar ham mavjud. Ularning ba’zilarida qadimgi odamlarning izlari, son-sanoqsiz maskanlari va qoyaga o‘yilgan tasvirlar topilgan.
 

 

 

Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA

Manba: http://uza.uz/oz/photo/zbekistonning-eng-baland-....

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar