Surxondaryo viloyati: 35 tup qarag‘ay kesgan qonunbuzarga 165 577 500 so‘m jarima belgilandi
27.
05. 2020
17:32
4795
Ekanadzor

Respublikada o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy joriy qilinishiga, profilaktika tadbirlarining olib borilishiga qaramasdan hududlarda daraxtlarning noqonuniy kesilish xolatlari davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati Sherobod tuman «Bog‘iobod» mahallasida yashovchi fuqaro Normo‘minov I. tomonidan mahalla fhududidagi bolalar uyingohi yonida sobiq shirkat xo‘jaligi davrida ekilgan ko‘p yillik jami 35 tup qarag‘ay (sosna),archa daraxtlari avtoservis qurish maqsadida kesib tashlagan.

Fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan 1 115 000 jarima belgilandi, o‘simlik dunyosiga 164 462 500 so‘m zarar yetkazilgan.

Hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.
 

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar