Morxo‘r (Capra falconeri) O‘zbekiston va xalqaro qizil kitobga kiritilgan noyob jonivor
21.
05. 2020
14:04
8414
Yangiliklar

Morxo‘r – burama shoxli tog‘ echkilari urug‘iga mansub sut emizuvchi jonivor. Gavdasining uzunligi 170 santimetr, bo‘yi yag‘rinidan 90 santimetrga, vazni 90 kilogrammga yaqin. Shoxlari parmaga o‘xshash buralgan. Juni jigarrang, ba’zan oqish. Erkaklarining bo‘yni va ko‘kragida uzun junlari bor. Shimoliy-G‘arbiy Hindiston, Janubiy-Sharqiy Eron va Afg‘onistonda tarqalgan. O‘zbekistonda Ko‘hitang va Bobotog‘da uchraydi. Qoya toshli tik tog‘ yon bag‘irlarida yashaydi.

O‘zbekiston va xalqaro qizil kitobga kiritilgan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar