Toshkent: «Bo‘zsuv» kanaliga chiqindilarni noqonuniy tashlagan huqubuzarlar jarimaga tortildi
25.
03. 2020
16:48
5116
Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda «Bo‘zsuv» kanaliga noqonuniy ravishda chiqindilarni to‘kish holati aks etgan video tasvir yuzasidan joriy yil 25 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiya, Toshkent shahar prokuraturasi, Toshkent shahar hokimligining kanallardan foydalanish va ularni tutash hududlarini obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, Yunusobod tumani, «Oqtepa» MFY raisi hamda profilaktika noziri ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganish olib borildi.

O‘rganish natijasida, Toshkent viloyati, Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.F.ga tegishli bo‘lgan davlat raqamlari 01 129 RDA «HOWO» yuk mashinasi va Toshkent shahar, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.B.ga tegishli bo‘lgan davlat raqami 01 X615 SA «ZIL» rusumli yuk mashinasi yordamida noqonuniy ravishda chiqindilarni olib kelib tashlaganligi aniqlandi. Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, huquqbuzarlarning har biriga «Bo‘zsuv» kanaliga chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlaganligi uchun MJtKning 91-moddasi bilan hamda chiqindilarning tashlanishi natijasida suvlarni ifloslantirganligi uchun MJtKning 72-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida (1 115 000 so‘m) ma’muriy jarima qo‘llanildi.

To‘kilgan chiqindilar, huquqbuzarlar tomonidan tozalanib, salbiy holat bartaraf etildi.


 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar