O‘zbekiston-Qozog‘iston: atrof muhitni muhofaza qilish yo‘lida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash
05.
02. 2020
19:56
6426
Yangiliklar

2020 yil 5 fevral kuni Davlat ekologiya qo‘mitasida Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri Magzum Mirzagaliev boshchiligidagi delegatsiya bilan  uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida ikki mamlakatning atrof muhitni muhofaza qilish idoralari o‘rtasida ekologiya sohasida ikki tomonlama hamkorlik hamda uning istiqbollari bilan bog‘liq masalalar, xususan, ikki mamlakat chegara hududlarida AESni qurish, bu borada aholi habardorligini oshirish, jamoat eshituvlarini tashkil etishning muhim ahamiyat kasb etishi, shuningdek, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Davlatlararo barqaror rivojlanish komissiyasi doirasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga hayvonot dunyosi turlarini muhofaza qilish masalalariga, xususan, O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi hukumatlari o‘rtasida  sayg‘oqlarni muhofaza qilish, ko‘paytirish va barqaror rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuvda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirish va mustahkamlash bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

 

 

Predsedatel Goskomekologii Respubliki Uzbekistan - Baxrom Kuchkarov (sleva). Ministr ekologii, geologii i prirodnыx resursov Respubliki Kazaxstan - Magzum Mirzagaliev (sprava).
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi - Bahrom To‘lqinovich Qo‘chqorov (o‘ng tomonda) va Davlat ekologiya qo‘mitasida Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri - Magzum Mirzagaliev (chapga). 

 



Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

 

Foydali manbalar