Murojaat o‘z tasdig‘ini topdi, huquqbuzar jarimaga tortildi
27.
01. 2020
17:57
5863
Yangiliklar

2020 yil 24 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumani 6-kvartal 29-uy orqa tomonida o‘ra qazilib, unga chiqindilar ko‘milayotganligidan e’tiroz bildirilgan xabar joylashtirildi.

Mazkur murojaat Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida, Chilonzor tumanida ayni kunlarda hududni chiqindilardan tozalash maqsadida «Fayzli Toshkent» aktsiyasining olib borilayotganligi munosabati bilan xazonlarni vaqtinchalik ko‘mish uchun o‘ra qazilganligi, shuningdek, ayrim fuqarolar tomonidan maishiy chiqindilarning tashlanganligi hamda xazonlar bilan ko‘mib yuborilganligi ma’lum bo‘ldi.

Shu bilan birga mazkur o‘ra atrofiga fuqarolar tomonidan yana maishiy chiqindilar tashlab ketilgan. Ularni esa Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli bo‘lgan «LOVOL» rusumli maxsus texnika yordamida o‘raga surib tashlangan. 

Ayni vaqtda maxsus texnika haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining MJtKning 911-moddasi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.

 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar