Toshkentda «Pokiza insonlar» aktsiyasi davom etmoqda
21.
01. 2020
17:03
5098
Yangiliklar

Ijtimoiy faol bir guruh yurtdoshlarimiz tomonidan tashkil etilgan «Pokiza insonlar» aktsiyasi xayrli ishlardan hisoblanadi.
Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan aktsiya ishtirokchilari har payshanba kuni belgilab olingan bitta tumandagi obodonlashtirish xodimlari ishlab turgan joyga borib, ularga minnatdorlik bildirib, xushkayfiyat ulashishadi. O‘zlari bilan olib kelgan issiq qahva, yegulik va qo‘lqoplarni hadya qilishadi.

Aktsiyaning bu galgi haftaligi Yashnobod tumanida bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Hasan, aktsiya faollaridan:
– Qiladigan ishimiz ularning yoniga borib, ularga ozgina e’tibor qaratish, bir oz bo‘lsa-da ular mehnatini qadrlash va e’tirof etish. Aktsiyaga yig‘ilgan kishilar bir-birini mutlaqo tanimaydi va shu ishga birlashgan. Bundan tashqari, bevosita yo‘llarda yurib, sovg‘a ulashmasdan ham «Pokiza insonlar» aktsiyasida ishtirok etish mumkin. Buning uchun shunchaki, ko‘chalarga axlat tashlamaslikning o‘zi kifoya.

Aqida Maxirova, aktsiyaning yana bir faoli:
– Sariq nimcha kiygan bu insonlar bizning «ikkinchi armiyamiz». Ular – «sariq nimchalilar» pokizaligimiz, ozodaligimizni ta’minlashadi.

Bu aktsiya nafaqat Toshkent, balki boshqa viloyatlar shaharlariga ham keng yoyildi. Masalan, Samarqand, Nukus, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Sirdaryo... Yurtdoshlarimizni ushbu xayrli ishga bosh qo‘shishlarini so‘rab qolardik. Kelinglar, shu insonlarning mehnatini qadrlab, ular qalbiga ozgina iliqlik olib kiraylik.

 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar