Andijon viloyati: noqonuniy qum-shag‘al qazib oluvchi huquqbuzarlar aniqlandi
18.
11. 2019
19:39
5354
Yangiliklar

Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish  boshqarmasi joriy yil 13 noyabr kuni viloyat teleradiokompaniyasi hamda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Paxtaobod tumanida tezkor nazorat tadbirini o‘tkazib, uning davomida tuman hududidan oqib o‘tuvchi Tentaksoy va Maylisoy daryo o‘zanlaridan keng tarqalgan hamda foydali qazilma hisoblangan qum va shag‘allarni noqonuniy ravishda qazib olib, tashib ketayotgan xuquqbuzarlar aniqlandi. 

Xuquqbuzarlarga nisbatan MJtKning  tegishli bandlariga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarima qo‘llanilib, 5 barobari undirib olindi. Hozirda qolgan qismini undirib olish choralari ko‘rilmoqda.



Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar