Toshkent shahrida «Birgalikda ko‘chat ekamiz!» ekologik aktsiyasi o‘tkazildi
18.
11. 2019
19:20
5454
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Falcon Hunting Solutions kompaniyasi hamda O‘zbekiston landshaft san’ati  assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda 2019 yil 16 noyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumani Oloy bozori hududida  daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha ekologik aktsiya tashkil etildi.

Mazkur aktsiyada 60 dan ortiq volonterlar ishtirok etib, unda 100 ko‘chat, shu jumladan chinor, akatsiya hamda yapon saforasi ekildi. 

Maqsad – aholi keng qatlami, shu jumladan, hukumat, nodavlat notijorat tashkilotlari, xususiy korxonalarning e’tiborini atrof tabiiy muhitga masalalariga qaratish, barchani bir maqsad sari, ya’ni mamlakatimizni obodonlashtirish, estetik qiyofasini yaxshilash bo‘yicha sa’y-harakatlarii birlashtirish hisoblanadi.
 


 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


Foydali manbalar