Loqaydlik va e’tiborsizlik jarimaga sabab bo‘lmoqda
14.
11. 2019
18:13
5693
Yangiliklar

Afsuski, bugungi kunda chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash orqali atrof-muhitni ifloslantirish odatiy holga aylandi.

Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining mutaxassis va inspektorlari tashabbusi va viloyat IIB hamda Buxoro televideniyasi xodimlari bilan hamkorlikda Buxoro shahridagi Markaziy dehqon bozorida pista po‘chog‘i, sigareta qoldiqlari, shu bilan birga turli maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlayotgan fuqarolar orasida tushuntirish ishlari va reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Reyd davomida huquqbuzar fuqarolarga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, eng kam ish xaqining yarim barobari miqdorida (111 500 so‘m) ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Aziz yurtdoshim! Yodingizda bo‘lsin: tozalanadigan emas, ifloslantirilmaydigan joy pokiza bo‘ladi.

 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 



 

Foydali manbalar