Buxoro viloyat: Kogonda yer ost boyliklarini noqonuniy ravishda qazib olayotgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi.
13.
09. 2019
20:33
5227
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektorlari hamda Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida tezkor ekologik reyd tadbiri o‘tkazildi.

Joriy yil 13 sentyabrda o‘tkazilgan tadbir natijasida Kogon tumani O‘rtacho‘l daxasida qator shaxslar tomonidan noqonuniy tarzda qizilqum qazib olinayotganligi aniqlandi va ularning ushbu noqonuniy faoliyati to‘xtatildi.

Mazkur qonunbuzarlikni sodir etgan fuqarolarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 70-moddasi 1-qismiga binoan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.

 

Buxoro viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar