Navoiy viloyat: Atrof muhitga e’tiborsizlik va loqaydlik holatlari
13.
09. 2019
11:26
5094
Yangiliklar

Joriy yilning 9 sentyabr kuni Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan Navoiy davlat Pedagogika institutining M.Tarobiy ko‘chasi hududida joylashgan fakultetlarning bog‘-chorbog‘lari holati bo‘yicha monitoring kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra  institut mas’ul xodimlarning e’tiborsizligi sababli, ushbu hududdagi mavjud bog‘dagi mevali va manzarali daraxtlar qarovsiz qolib, 300 dan ziyod daraxtlar qurib ketganligi kuzatildi. Bog‘ ichida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining olib borilmasligi natijasida xas-xashak va turli chiqindilar yig‘ilib qolganligi hamda mazkur hudud ichida ichida ayrim fuqarolar shaxsiy chorva mollarining boqilayotganligi aniqlandi.

Ushbu hududdagi bog‘ va obodonlashtirish uchun mo‘ljallangan maydon uchun sug‘orish tizimi mavjud bo‘lib, yer osti suvidan foydalanish uchun 3 ta nasos o‘rnatilgan, shundan bir dona  nasos nosoz holatda ekanligi aniqlandi.

Nasosning ishlamasligi, mas’ul shaxslarning loqaydligi natijasida 74 tup o‘rik, 125 tup gilos, 3 tup archa va 101 tup olxo‘ri daraxtlarning qurib ketishiga, shu bilan birga institutning yangi Axborot resurslar markazi binosi atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlaring o‘z vaqtida olib borilmaganligi natijasida qarovsiz hududga kelib qolgan.

Shuningdek, institut hududida yangi quriladigan yotoqxona uchun yer maydoni ajratilgan bo‘lib, qurilish ostiga tushgan daraxtlardan tashqari qo‘shimcha ravishda 34 tup archa va manzarali daraxtlar noqonuniy kesib tashlangan.

Aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar viloyat prokuraturasiga yuborildi. Qabul qilingan choralar bo‘yicha kelgusida ma’lumot taqdim etiladi.


Navoiy viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Axborot xizmati


 

Foydali manbalar