17-18 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
13.
08. 2019
09:15
5148
Yangiliklar

O‘zbekistonda 17-18 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hukumatning farmoyishiga asosan 2019 yilning 15-30 avgust kunlari mamlakatning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi deb e’lon qilindi.

Shuningdek, farmoyish bilan 17-18 avgust kunlari umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish belgilandi.

Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 349-son Qaroriga muvofiq, hashar faqat ixtiyoriy asosda o‘tkazilishi belgilangan. Hasharni o‘tkazish uchun umumxalq hasharini o‘tkazish to‘g‘risida Prezidentning tegishli hujjati yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘lishi shart. 

Hasharlar unda ishtirok etadigan shaxslar mehnat qiladigan tegishli tashkilot hududida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iyan rioya etilgan holda o‘tkaziladi. Hasharlar doirasida boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan, qurilish-ta’mirlash ishlariga majburiy jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Manba: Kun.uz

Foydali manbalar