Somonni yoqmang, tabiatga zarar yetkazadi
31.
07. 2019
16:43
5069
Yangiliklar

Bugungi kunda yetishtirilgan hosilni turli ofatlardan, ayniqsa, yong‘in xavfidan asrash har birimizning diqqat markazimizda bo‘lmog‘i zarur.

Ammo oramizda bunday ko‘ngilsizliklarga beparvo qaraydiganlar ham uchrab turadi. Boshoqli don ekinlari poyasi somonini masabdor shaxslar tomonidan yoqib yuborilishi, afsuski, hamon oramizda uchrab turmoqda.

Jizzax viloyatida mavsum boshlanishidan buyon atmofsera havosini muhofaza qilish sohasi bo‘yicha tumanlar kesimida jami 62 ta yuqoridagi holat aniqlandi va barcha holatlarga nisbatan jarimalar qo‘llanildi. Jarimalarning umumiy miqdori 52.505.500 so‘mni tashkil etadi.

Viloyatning Arnasoy, Baxmal, G‘allaorol, Do‘stlik, Sharof Rashidov, Zarbdor, Zafaraobod, Mirzacho‘l va Paxtakor tumanlarida faoliyat yuritayotgan va huquqbuzarlik holatiga yo‘l qo‘yayotgan ayrim fermer xo‘jaliklaridan jami 10.890.000 so‘m miqdoridagi jarimalar undirildi. Yetkazilgan zarar 3 million so‘mni tashkil etmoqda.

Shu o‘rinda aytish joizki, g‘alladan bo‘shagan maydonlarda somonni yoqib yuborish qat’iyan man etiladi. Chunki, o‘t qo‘yish oqibatlarida tuproqning unumdor qatlami o‘z xususiyatlarini yo‘qotib, yer unumdorligining keskin pasayishi, ushbu dalalar va yon atrofda o‘sayotgan dov-daraxtlar va boshqa o‘simliklarning olov ta’sirida qurib qolishi atrof-muhit zararlanib, inson salomatligiga jiddiy zarar keltirishiga olib keladi.

Foydali manbalar