GPS tizimi: markaziy dispetcherlik xizmati va onlayn nazorat kuzatuvi
02.
12. 2021
19:12
3791
Yangiliklar

Bugun mamlakatimizda hududlarning sanitariya va ekologik holatini yaxshilash, aholiga sifatli sanitariya xizmatlarini ko‘rsatish sohasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga shahar, qishloq aholi punktlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketishda aholi tomonidan bildirilayotgan e’tirozlar, xususan, ba’zi vaqtlarda chiqindilarni olib chiqib ketuvchi maxsus texnikalarning vaqtida yohud umuman kelmasligi bilan bog‘liq masalalarga chek qo‘yish maqsadida Davlat ekologiya qo‘mitasida chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS) ishga tushgan bo‘lib ayni damda uni yanada rivojlantirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, maishiy chiqindi poligonlari, eng ko‘p ekologik qonun buzilish xolatlari sodir etilayotgan joylar, qo‘riqxonalar va x.k. joylarga o‘rnatilgan kameralar orqali onlayn nazorat o‘rnatilishi ko‘zlangan.

Korruptsiya holatlarining oldini olish maqsadida, shuningdek, harakat jadvalini hisoblash, ma’lumotlar bazasini shakllantirish to‘g‘iridan-to‘g‘ri GPS tizimi orqali amalga oshirila boshlandi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar