Xalq deputatlari viloyat Kengashining 44-sessiyasidan axborot
16.
07. 2019
12:19
5645
Yangiliklar

Joriy yilning 13 iyul kuni Jizzax viloyat hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari viloyat Kengashining  navbatdagi qirq to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat boshqarma va  tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibiga muvofiq viloyat sektorlar rahbarlarining hisobotlari, Jizzax viloyatida ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ekologik muammolarni bartaraf etish, qattiq maishiy va boshqa turdagi chiqindilarni yig‘ish, qayta ishlash hamda ekologik me’yorlarni ta’minlash qoidalariga joylarda rioya etilishi hamda  mahalliy byudjetning ijrosi, huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish kabi boshqa masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda shuningdek, Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i so‘zga chiqib, bugungi kundagi ekologik vaziyat, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish, chiqindilar va ularni qayta ishlash, atmosfera havosini muhofaza etish maslalariga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, ma’ruzachining  «Toza hudud» DUK  viloyat bo‘limining bugungi kundagi faoliyati, viloyatdagi Baxmal, Zomin, Forish tumanlaridagi dam olish zonalarining ekologik ahvoli, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi haqidagi fikrlari deputatlar tomonidan  bahs va munozaralar bilan muhokama qilindi.

Sessiya yakunida muhokama etilgan maslalar yuzasidan qarorlar qabul.
.

Foydali manbalar