#yashilmakon – Toshkent shahri. Yashil tashabbus
16.
11. 2021
17:12
338
Ma’naviyat va ma’rifat

Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish — xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni ko‘kalamzorlashtirish nafaqat aholi salomatligi, balki sog‘lom atrof-muhit holatining muhim garovidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bugun 16 noyabr kuni «Paxtakor» markaziy stadioni hududida O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tashabbusi bilan hamda Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi ko‘magida «Yashil makon» umummilliy loyihasi va «Save Aral» loyihasi doirasida ko‘chat ekish aktsiyasi tashkil etildi.

Tadbirda Federatsiya murabbiylar guruhi, sport ustalari faol ishtirok etdi. Aktsiyada chinor, qayrag‘och, arg‘uvon kabi daraxtlar ko‘chatlari ekildi.

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar