Farg‘ona viloyati. «Qadriyatlar beshigisan aziz Vatanim» mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi
04.
10. 2021
20:13
3696
Ma’naviyat va ma’rifat

O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida atrof muhitga, tabiatga va hayvonot olamiga mehr-muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, tabiat va hayvonot dunyosi, xususan, gullar hamda qushlarga oid bilimlarini namoyish etishga imkoniyat yaratish va ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, iqtidorli va iste’dodli o‘quvchilarni aniqlash va ularga har tomonlama ko‘mak berib, iste’dodlarini namoyon etishlariga sharoit yaratish maqsadida Farg‘ona xalq ta’limi boshqarmasi hamda Farg‘ona viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan hamkorligida, 2021 yil 4 oktyabr kuni, Yozyovon tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar ijodiyot markazida o‘lkashunoslik va ekologiya yo‘nalishini targ‘ib qilgan holda «Qadriyatlar beshigisan aziz Vatanim» mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovda barcha tuman - shahar «Barkamol avlod» bolalar markazlari o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.

«Qadriyatlar beshigisan aziz vatanim» shiori ostida tashkil etilgan tadbir sabab ishtirokchilar tomonidan Farg‘ona vodiysining betakror tabiatiga mansub go‘zal manzaralari, ekoturistik markazlari xaqida fotolavhalar nomoyish etildi.

Ko‘rik tanlov yakunida barcha g‘olib va faol ishtirok etgan o‘quvchilar viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona viloyati

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar