Diqqat, e’lon! Matbuot anjumani o‘tkaziladi
22.
09. 2021
12:29
3307
Tender

Hurmatli jurnalistlar va blogerlar!

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 2021 yil 24 sentyabr kuni soat 16-00 da AOKA studiyasida navbatdagi matbuot anjumanini o‘tkazadi.

«Respublikada ekologik holatni yaxshilash, daraxtlar muhofazasini samarali tashkil etish va yashil maydonlarni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar» mavzusida tashkil etilayotgan tadbirda qo‘mita rahbariyati ommaviy axborot vositalari vakillari va keng jamoatchilikning sohaga oid barcha savollariga javob beradi.

Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

Oldindan yo‘llanadigan savollarni (+998) 93 500-60-98 telefon raqami va Telegram manziliga jo‘natish mumkin.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar