Buyuk Britaniyaning Ekologiya va gidrologiya markazi bilan videomuloqot
05.
08. 2021
18:37
3854
Xalqaro hamkorlik

Joriy yil 5 avgustda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari hamda ilmiy xodimlari ishtirokida Buyuk Britaniya Ekologiya va gidrologiya markazi (UK Center For Ecology & Hydrology, UKCEH) bilan videomuloqot o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan tadbirda UKCEH ijrochi direktori M. Beyli, ilmiy izlanishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Djenkins ham qatnashdi.

Alohida ta’kidlash joizki, Ekologiya va gidrologiya markazi to‘rtta tadqiqot institutining birlashishi orqali tashkil etilgan mustaqil, nodavlat va notijorat tashkilotdir. 500 nafardan ortiq olim va tadqiqotchilar faoliyat ko‘rsatadigan ushbu institut atrof-muhitni monitoring qilish, modellashtirish, murakkab ekologik muammolarni hal qilishda dalillarga asoslangan yechimlarni ishlab chiquvchi yetakchi ilmiy muassasalardan biri hisoblanadi.

Muloqot davomida UKCEH bilan O‘zbekiston Respublikasining tegishli tashkilotlari o‘rtasida biologik xilma-xillik, suv va yer resurslarini boshqarish, iqlim o‘zgarishi, atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish kabi sohalarda hamkorlik qilish, ilmiy izlanish va qo‘shma tadqiqotlar amalga oshirish imkoniyatlari xususida so‘z yuritildi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Gavhar Mamadjanova onlayn uchrashuvda istiqbolli ilmiy loyihalari va takliflari bilan o‘rtoqlashdi. Buyuk Britaniya Ekologiya va gidrologiya markazi vakillari bilan bunday takliflar bo‘yicha qo‘shimcha muzokaralar olib borishga kelishildi.

Ekologiya va gidrologiya markazi

Ekologiya va gidrologiya markazi

Ekologiya va gidrologiya markazi

Ekologiya va gidrologiya markazi

Ekologiya va gidrologiya markazi

Ekologiya va gidrologiya markazi

Ekologiya va gidrologiya markazi

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar