Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumanida "Ekologik monitoring" tadbirlari o’tkazildi.
10.
02. 2019
09:05
9755
Ekanadzor

2019 yil 10 fevralda olib borilgan profilaktik tadbirlar jarayonida Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumanidagi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi inspektorlari uy-ro'zg'or va qurilish qoldiqlari mavjud bo’lgan noqonuniy chiqindi joylarini aniqladilar.

Shu bilan birga 14-fevral kuni, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi 8 mahalla fuqarolar yig'inida ekologik monitoring o'tkazdi. Tadbirda 150 kishi ishtirok etdi, shu jumladan, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi markaziy apparati xodimlari, Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi, hokimliklar va Oqqo'rg'on tumani xalq ta'limi boshqarmasi xodimlari hamda mahalliy aholi. Chiqindilarni olib tashlash bo'yicha ishlarni amalga oshirish uchun o'nlab maxsus asbob-uskunalar jalb qilindi.

Ekologik tadbir natijalariga ko'ra, "Birlik", "S. Rahimov", "S.Sekizboev", "Kushta", "Usta Normat", "Guliston", "Zarafshon" va “Suvti” mahallalaridan 120 tonnaga yaqin maishiy va qurilish chiqindilari maxsus poligonlarga olib borildi.

 

Foydali manbalar