Toshkent. Hamkorlik shartnomasi imzolandi
13.
04. 2021
17:35
5397
Ma’naviyat va ma’rifat

2021 yil 9 aprel kuni Toshkent davlat transport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda «Transport tarmog‘ida ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish» mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi rahbariyati, Universitetning «Avtomobil transporti muxandisligi» fakulteti profosser-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar qatnashdi.

Tadbirda qayd etilganidek, bugungi kunda ishlab chiqarishni ekologik talablar asosida yangilash, atrof-muhit, inson salomatligi uchun xavfsiz texnologiyalarni joriy qilish jarayoni jadal tus olmoqda. Ayniqsa O‘zbekiston transport sanoatini rivojlantirishga strategik ahamiyat berilayotgan ayni kunlarda tarmoq mutaxassislarining ekologik bilimlarini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilayotganligi bejiz emas.

Uchrashuvda oliy ta’lim va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat boshqaruvi organlari o‘rtasida ekologik ta’lim tizimini takomillashtirish borasidagi amaliy hamkorlikka katta e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi.

Uchrashuv jarayonida Toshkent davlat transport universiteti va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Uchrashuv davomida talabalarga mobil ekologik laboratoriyalar ishlash uslubi tushuntirib berildi.

Mobil ekologik laboratoriyasi transport tarmog‘ida olib boriladigan ekologik diagnostik tahlillarning ishonchliligini ta’minlash orqali transport xizmat ko‘rsatish samaradorliligiga erishish uqtirildi.

Navbatdagi matbuot anjumani

Navbatdagi matbuot anjumani

Navbatdagi matbuot anjumani

Navbatdagi matbuot anjumani

Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi
Axborot xizmati

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar