Koreya atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti (KEITI) bilan onlayn uchrashuv
30.
03. 2021
20:21
5158
Yangiliklar

30 mart kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari I.Boqijonov boshchiligida Koreya atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti (KEITI) tomonidan amalga oshirilayotgan «O‘zbekistonda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishni takomillashtirish bo‘yicha Bosh rejani (Master Plan) ishlab chiqish» qo‘shma loyihasi oraliq hisobotiga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda KEITI vitse-prezidenti Doktor Gyun-xo Kim tomonidan o‘tgan vaqt davomida loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot, xususan, mamlakatimizning Farg‘ona, Jizzax, Buxoro, Termiz, Nukus shaharlaridagi chiqindilarning qishgi mavsum uchun morfologik tarkibi va chiqindi saqlash poligonlarining joriy holati to‘g‘risida tadqiqot natijalari, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni takomillashtirish bo‘yicha Bosh rejani tuzish hamda Farg‘ona shahridagi sanitar poligonining rejasi taqdim qilindi.

Shuningdek, tomonlar loyiha doirasida Ustuvor qo‘shma loyihalar ro‘yxatini shakllantirib, Koreyaning Iqtisodiy Rivojlanish Hamkorlik Jamg‘armasi (EDCF) tomonidan moliyalashtirish imkonlarini, shuningdek, kelgusida Qo‘mita xodimlarini Koreya Respublikasida malakasini oshirish hamda hamkorlikda ilg‘or tajribalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar