Jamoatchilik kengashi «PENG-SHENG» korxonasida
22.
10. 2020
11:26
5786
Ekanadzor

2020 yil 21 avgust kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi «Ekologik masalalarni hal etishga fuqarolik jamiyatini jalb etish va axborot ochiqligini ta’minlash» loyihasi doirasida Sirdaryo viloyatida joylashgan «PENG-SHENG» korxonasida bo‘ldilar.

Jamoatchilik tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda mazkur korxona faoliyati atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida haqli e’tirozlar bildirilgan edi.

Avval xabar berilganidek, mazkur korxona faoliyati 2020 yil 25 mart kuni Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudi qarori bilan vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Uchrashuv davomida korxona mas’ul xodimlari tomonidan faoliyat to‘xtatilgan davrda bajarilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shu bilan birga Kengash a’zolari amalga oshirilgan ishlar bilan bevosita tanishib chiqdilar.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar