Nima uchun chiqindixona bo‘la turib, belgilanmagan joyga chiqindi tashlaymiz?
20.
10. 2020
20:08
4609
Ekanadzor

Bulung‘ur tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi hodimlari tomonidan tumanda aholi o‘rtasida turli chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamasliklari borasida targ‘ibot tadbirlari muntazam o‘tkazilib kelimoqda. Aslida bu borada targ‘ibot tadbiri o‘tazishning o‘zi shart emasdek go‘yo. Sababi, bugun aqli raso har kim ham chiqindini belgilangan joylargagina tashlash lozimligini tushunadi. Biroq, afsuski, ayrim hududlarda e’tiborsizlik, loqaydlikka yo‘l qo‘yish holatlari uchrab turibdi. Masalan, tumandagi «Buyum bozori» MChJ orqa tomonida olib borilgan kuzatuv tadbirlari jarayonida ushbu hududda maishiy chiqindilar yig‘ilib qolganligi ma’lum bo‘ldi. Vaholangki, mazkur hududdan 50 – 100 metr, boringki 200 metr narida chiqindi tashlash uchun maxsus qutilar o‘rnatilgan. Bordiyu maxsus qutilar o‘rnatilmagan holatda ham shartnoma tuzilsa «Toza xudud» DUK grafik asosida chiqindilarni olib ketadi.

Aniqlangan bu kabi xunuk holat yuzasidan tuman «Obodonlashtirish» boshqarmasi hamda «Toza xudud» DUK jalb qilingan holda, to‘planib qolgan chiqindilar olib chiqildi va mazkur hududda yashovchi fuqarolar, ishlavchi tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, ogohlantirish berildi. Atrof-muhitni buzib turgan ushbu chiqindilar ekologiyani buzishi bilan bir qatorda aholining salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi ham mumkinligi tushuntirildi.

Bulung‘ur tuman hokimligi axborot xizmati

Manba: https://telegra.ph/Biz-%D2%9Bandaj-hal....

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar