Axborot xizmatlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
17.
10. 2020
14:50
4689
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida davlat organlari tomonidan media makondagi axborot tahdidlariga o‘z vaqtida, malakali javob berish mexanizmlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan ishchi uchrashuv tashkil etildi.

Unda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Bandlik va mehnat munosabatlari, Energetika, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Transport vazirliklari, Ekologiya qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi kabi tashkilot va idoralar matbuot kotiblari ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, 12 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, unda Prezidentimizning “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 27 iyundagi 4366-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi hamda axborot xizmatlari faoliyati tahlil qilingan, matbuot xizmatlarining faolligini oshirish, fuqarolarni rasmiy ma’lumotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yuzasidan muhim topshiriqlar berilgan edi.

Bugungi uchrashuvda matbuot kotiblarining media makonda keng muhakamalarga sabab bo‘layotgan materiallarga javob berish, munosabat bildirish holati tanqidiy muhokama qilindi. Tahlillarga ko‘ra, 2020 yil boshida ushbu ko‘rsatkich 83 foiz bo‘lgan bo‘lsa, sentyabr oyida 73 foizga tushib ketgan.

Tadbir so‘nggida matbuot xizmatlarining faolligini yanada oshirish, internet, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlar kanallaridagi rezonansli materiallarga tezkor munosabat bildirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar