Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Qor qoploni va uning yashash joylarini muhofaza qilish uchun transchegaraviy hamkorlikni mustahkamlash zarur

Qor qoploni va uning yashash joylarini muhofaza qilish uchun transchegaraviy hamkorlikni mustahkamlash zarur

Qor qoploni O‘zbekistonning yuqori qor tizmalarida yashovchi jonivor bo‘lib, sayyoradagi hayvonot olamining kamyob turlaridan biri hisoblanadi. U insoniyatning xo‘jalik faoliyati natijasida yildan-yilga kamayib bormoqda. Qor qoploni asosan transchegaraviy hududlarda ko‘p uchraydi, o‘z hayotining turli bosqichlarida qo‘shni davlat chegara hududlarida yashash joyini almashtirib turadi. Bugungi kunga kelib, hayvonot olamining mazkur noyob turi 12 mamlakat hududida yashaydi. O‘z navbatida, mazkur yirtqich jonivorning sonini, tarqalish areallarini hamda populyatsiyasini o‘rganish, brakonerlikka barham berish, shu o‘rinda mintaqaviy hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, xalqaro hamkorlikning muhim aspektlaridan biri, bu – qor qoploni yashaydigan hududlarni saqlash, muhofaza qilish, tiklash va barqaror foydalanish hisoblanadi.

Qor qoploni va u yashaydigan hududlarni muhofaza qilish sohasida transchegaraviy hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilish maqsadida Toshkent shahrida 16–17-iyul kunlari mintaqaviy yig‘ilish o‘z ishini boshladi. Unda ko‘shni respublikalar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda O‘zbekiston, shuningdek, qator xalqaro tashkilotlar – Qor qoplonini saqlash bo‘yicha jamg‘arma, “Pantera” jamg‘armasi va Qor qoploni va u yashaydigan hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha global dastur (GSLEP)dan 60 dan ortiq vakillar ishtirok etdilar.

Mazkur yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi hamda Global ekologik jamg‘armaning “Biologik xilma-xillikning global muhim turlari uchun asosiy tog‘ hududlarida tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va o‘rmon xo‘jaligi” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Tadbirda hayvonot olamining ushbu noyob turining populyatsiyasini o‘rganish sohasidagi eng yaxshi xalqaro va mintaqaviy tajribalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Asosiy e’tibor Qor qoploni va u yashaydigan hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha global dastur bilan uzviy hamkorlikni kuchaytirish masalalariga qaratildi. Qor qoploni yashaydigan G‘arbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog‘ tizmalarida hamkorlikda ish olib borish yuzasidan mintaqaviy hamkorlik masalalari bo‘yicha konsultatsiyalar o‘tkazildi.

Ikki kunlik yig‘ilish davomida transchegaraviy hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar va Ish dasturi loyihalari muhokama qilinadi.


2018-07-17

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika