Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Somonga o‘t ketmoqda, mutasaddilar esa jim

Somonga o‘t ketmoqda, mutasaddilar esa jim

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi “Samad” fermer xo‘jaligining g‘allasi o‘rilgan 14 gektar maydoniga o‘t qo‘yib yuborildi.

Fermer xo‘jaligi rahbari Mansur Xolbekov bilan telefon orqali bog‘lanib, bu haqda so‘raganimizda aniq va to‘liq javob ololmadik. Hosili yig‘ishtirib olingan maydonlardagi somonni yoqib yuborish hududdagi boshqa xo‘jaliklarda ham sodir etilgan. “Laziz-Azizbek” fermer xo‘jaligi dalasining yong‘indan keyingi holati. “Jenes” fermer xo‘jaligining yongan dalasi. Bunday ayanchli manzarani “Sangzor chamani” va boshqa fermer xo‘jaliklari dalalarida ham ko‘rish mumkin.

“Qahramon Rasul ota” fermer xo‘jaligi dalasida o‘zini “cho‘ponman” deb tanishtirgan mana bu yigitni  raisning topshirig‘i bilan dalaga o‘t qo‘yayotgan paytda suratga olib, o‘t o‘chirish bo‘limiga xabar qildik. Natijada yong‘in bartaraf etildi. 
— Mavsum boshida barcha fermer xo‘jaliklari rahbarlari bo‘sh qolganmaydonlarni yondirmaslik to‘g‘risida ogohlantirilgan va bu haqda arizalarham olingan, - deydi tuman yong‘in xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Akrom Samiyev. — Shunga qaramasdan, hududda 8 marta g‘allasi o‘rilgan maydonga o‘t qo‘yish holati kuzatildi. Ushbu holatlar bo‘yicha chora ko‘rish uchun tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasiga xabarnoma jo‘natilgan. 
Tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i Rahmatilla Asqarov bu masalada hech qanday chora ko‘rmagani, chunki hududni aylanib chiqish uchun ulovi yo‘qligini bildirdi. Mamlakatimizda yer unumdorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgan bir paytda tumanda bu ahvolga e’tibor berilmayotgani ajablanarli. Bunga tuman rahbarlari, soha mutasaddilari nima der ekan? 


2018-07-12

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika