Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumi ish boshladi

Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumi ish boshladi

5-iyun kuni Toshkentdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Markaziy Osiyo xalqaro ekologiya forumi MOXEF-2018 tadbirining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Markaziy Osiyo va Afg‘onistonning ekologiya bo‘yicha idoralari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar vakillari hamda forum tashkilotchilari so‘zga chiqdi.

Forum ishi taqdimotlar va muhokamalar tarzida davom etmoqda.

MOXEF-2018 ning asosiy mavzu yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

• Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarning bioxilma-xilligini saqlash va ularning tarmog‘ini rivojlantirish;

• Qattiq maishiy chiqindilarni kompleks boshqarish;

• Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energosamaradorlik.

Shuningdek, forum doirasida “O‘zekspomarkaz” pavilyonlarida dastlabki ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma tashkil etildi.

Ko‘rgazma Armaniston, Vengriya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Rossiya, O‘zbekiston, Fransiya, Chexiya Respublikasi, Latviya va Shveysariyaning “yashil texnologiyalar” sohasidagi 40 dan ortiq ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi.

Ko‘rgazmada qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish uchun maxsus texnika, ishlab chiqarish va iste’mol qilishning sof texnologiyalari, qayta tiklanuvchi energiya va egergosamardorlik texnologiyalari namoyish etilmoqda.


2018-06-05

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika