Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Ekologiya va atrof-muhit masalalari bo‘yicha navbatdagi sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ekologiya va atrof-muhit masalalari bo‘yicha navbatdagi sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 2-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda sohada olib borilayotgan islohotlar samaralari, chora-tadbirlar yuzasidan deputatlar oldida hisobot berish tizimini amaliyotga tadbiq etish yuzasidan zarur topshiriqlar berilgan edi.

Aynan ana shu ustuvor vazifadan kelib chiqib, joriy yilning 15-may kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Muhammadayubxon Apaqovning hisoboti eshitildi.

Hisobotda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, atrof-muhit musaffoligi, xalqimiz sog‘ligini yanada yaxshilashga qaratilgani alohida qayd etildi. Xususan, sohada qabul qilingan qator muhim qaror va farmonlar atrof-muhitni asrab-avaylash, uning tabiiy boyliklarini tejamkorlik bilan foydalanishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Sessiyada Kosonsoy tumanida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar chuqur tahlil qilindi. Ta’kidlandiki, hisobot davrida suv resurslarini muhofaza qilish va oqilona foydalanish yo‘nalishida hamkorlikdagi qator tadbirlar natijasida tumandagi 33 ta suvga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan obyektlar aniqlandi. Mazkur yo‘nalishda boshqarmaning davlat inspektorlari tomonidan o‘tgan yilda 35 ta, 2018-yilning birinchi choragi mobaynida esa 9 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Shuningdek, atmosfera havosini asosiy ifloslantiruvchi manbaalar haqida ham fikr-mulohazalar yuritildi. Xususan, bir yilda atmosfera havosiga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori jami 69,4 ming tonnani tashkil qilib, shundan 90 foizi yoki 63,7 ming tonnasi viloyatda harakatlanayotgan avtotransport vositalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Aynan mazkur ko‘rsatkichlar tuman misolida tahlil etilganida 4,1 ming tonnani, uning 3,9 ming tonnasi 12137 dona avtotransportlar hissasiga to‘g‘ri kelishi ayon bo‘ldi. Birgina 2017-yilda o‘tkazilgan “Toza havo” oyligi davomida tumandagi 1100 ta tranport vositasidan chiqayotgan is gazi va tutun qalinligi miqdori ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada 36 ta tranport vositasida ushbu ko‘rsatkich me’yoridan ortiqligi aniqlandi va kamchiliklar bartaraf etildi.

Sessiyada yana bir asosiy yo‘nalish, ya’ni maishiy chiqindilar bilan bog‘liq holatlar ham atroflicha muhokama etildi. Tumanda bugungi kunda faoliyat olib borayotan “Toza hudud” davlat unitar korxonasining filiali maxsus texnikalar yordamida “signal” usulida xonadonlar, korxona va tashkilotlarga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Biroq, olib borilayotgan  targ‘ibot-tashviqot, nazorat tadbirlariga qaramay, noqonuniy chiqindixonalar paydo bo‘lmoqda, shuningdek yo‘l yoqalari, belgilanmagan joylarga maishiy chiqindilarni tashlab ketish holatlari uchrab turibdi.

Yig‘ilishda yechimini kutayotgan muammolar, ularni keng jamoatchilik, deputatlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha ham fikr-mulohazalar bildirildi.

O‘z o‘rnida, masala yuzasidan muzokara uchun so‘zga chiqqan deputatlar hisobot davrida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla fuqarolar yig‘inlarida tushuntirish ishlarini olib borish, ekologik nazoratni keng jamoatchilik bilan yanada kuchaytirish kabi fikrlarni bildirib o‘tdilar.

Shuningdek, sessiyada kun tartibiga kiritilgan qator masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.


2018-05-16

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika