Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Qaddingni ur, tashabbuskor talaba!

Qaddingni ur, tashabbuskor talaba!

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi Vakolatxonasi hamda “Toshrangmetzavod Recycling” korxonasi tomonidan 2018-yil 15-may kuni yoshlarning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash va oliy o‘quv yurtlarida ekologik barqaror rivojlanish tamoyillarini tatbiq etish maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Barqaror rivojlanish maqsadlarida eng yaxshi yoshlar tashabbusi” ko‘rik-tanlovi doirasida tadbir bo‘lib o‘tkazildi. Tadbirda Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi, Toshkent shahridagi bir qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

2017-yilda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi Vakolatxonasi, Britaniya elchixonasi va Yevropa ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovga O‘zbekistondagi 22 ta oliy ta’lim yurtlaridan (OTYU) qariyb 450 ta talaba tomondan ishlangan 150 ta loyihaviy ishlar taqdim etildi. Talabalar o‘z loyihalarida ba’zi dolzarb masalalar yechimiga takliflar taqdim etishgan. O‘zbekiston Milliy universiteti va Buxoro davlat universitetidan g‘oliblari Buyuk Britaniyaga safar qilish va u yerdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari bilan barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha fikrlar almashish, Buxoro davlat universiteti g‘oliblari quyosh energiyasidan foydalanishga yo‘naltirilgan loyihasini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlariga ega bo‘ldi.

Tadbir doirasida o‘quv muassasalarida zarur “yashil” infratuzilmasini yaratish tashabbusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida oliy o‘quv muassasasiga chiqindilarni alohida to‘plashga mo‘ljallangan 3 turdagi qutilar (metall, qog‘oz va plastik chiqindilari uchun) taqdim etildi va Jahon iqtisodiyoti va universitet ekologik klubining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Umumiy bo‘lib, qutilar 20 ta OTYUga taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Eksperimental tarzda OTYUning talabalar turarjoylari oldida o‘rnatilgan qutilar orqali chiqindilarni alohida to‘plash tizimini amalga tatbiq etishga, ushbu tizim faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga hamda yoshlarni tabiatni muhofaza qilishga jalb qilishga erishiladi. Ushbu tizimni faoliyatini nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy tashkilotlari hamda «Toshrangmetzavod Recycling» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Qo‘mita vakili tizimda amalga oshirilgan islohotlar, ishlar va vazifalar to‘g‘risida axborot berib, Qo‘mita faoliyatining asosiy ustivor yo‘nalishi – maishiy chiqindilarni kompleks boshqarish tizimini tashkil etish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarda davlat boshqaruvi va ekologik nazoratni takomillashtirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Mamlakat Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi Qarori bilan 2017–2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tubdan yaxshilash yuzasidan kompleks dastur qabul qilindi.

Aytish joizki, o‘tgan davrda maishiy chiqindilarni boshqarish sohasida tubdan yangi tizim joriy qilindi. Hususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishga ixtisoslashgan “Toza hudud” davlat unitar korxonalari va ularning 174 ta tuman (shahar) filiallari tashkil etilib, 5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Tuman (shahar) hokimiyatlarining obodonlashtirish boshqarmalaridan maxsus texnika, chiqindi to‘plash maydonchalari, poligonlar “Toza hudud” korxonalariga o‘tkazildi. Shuningdek, 2017-yilda 129 ta assenizatsiya mashinalari xarid qilindi, 304 chiqindi to‘plash maydonchalari qurilib, 2 651 ta chiqindi konteynerlari bilan jihozlandi hamda 97 ta chiqindi poligonlari tartibga keltirildi.

2016-yilda obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan bor-yo‘g‘i 1,3 mln. aholi (5%) qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari bilan qamrab olingan edi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, bugungi kunda, “Toza hudud” korxonalari tomonidan tuman markazlari va qishloqlarda istiqomat qiluvchi 9,4 mln. aholiga (38%) xizmat ko‘rsatilishiga erishildi.

Shuningdek, respublikamizning Angren, Buxoro, Guliston, Jizzax, Navoiy, Nukus, Termiz, Urganch, Qarshi shaharlarida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan ajratilgan qariyb 40 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari evaziga davlat-xususiy sherikchilik asosida qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha klasterlarni tashkil etish choralari ko‘rilmoqda. Hozirda Buxoro shahrida tashkil etilgan klaster to‘liq faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tadbir ishtirokchilari yoshlarning “Global fikrla, jo’shqin talaba!” tamoyili asosida ekologik muammolarni hal etish va tabiatni asrashga jalb qilish muhimligini ta’kidlab o‘tdilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha, kelgusida Qo‘mitaning oliy ta’lim muassasalari bilan ekologik barqaror OTMlarni tashkil etish va samarali chiqindilarni alohida saralash tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha istiqbolli hamkorlik o‘rnatish yuzasidan takliflar tayyorlandi.

 

Davlat ekologiya qo'mitasi

Axborot xizmati

 


2018-05-15

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika