Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > 12-13-may Butunjahon ko'chib o'tuvchi qushlar kuni

12-13-may Butunjahon ko'chib o'tuvchi qushlar kuni

12-13-may kunlari qushlarni yaxshi va tabiatni sevuvchilar o’nikkinchi marotaba Butunjahon ko’chib o’tuvchi qushlar kunini (WMBD) nishonlashadi. WMBD ning bu yilgi mavzusi “Qushlar muhofazasi uchun ovozlarimizni birlashtiraylik!” deb nomlangan bo’lib, ko’chib o’tuvchi qushlar yo’lida uchraydigan qiyinchiliklar haqidagi xabardorlikni oshirish maqsadida ushbu global axborot kompaniyasi tashkilotchilarining hamkorligiga urg’u bermoqda. Qushlarni muhofaza qilish jamiyati ko’chib o’tuvchi qushlar kuni doirasida talabalar klublariga universitet va maktablarda turli tadbirlar o’tkazishni maslahat beradi!

WMBD ni o’tkazishning tashabbuskorlari Afrika-yevroosiyoning migratsiya qiluvchi suv qushlarini muhofaza qilish haqidagi kelishuv (AEWA) va Ko’chib o’tuvchi qushlarni muhofaza qilish haqidagi konvensiya vakillari qayd etishicha qushlar juda yaxshi moslashish hususiyatiga ega. Ammo hayotining turli davrlarida ular turli xil ozuqa manbalariga, dam olish va uya qurish uchun qulay joylarga muhtoj bo’ladilar. Qushlar uchun xavfga uchramasdan, yirtqichlarga yem bo’lmasdan tullashga, ya’ni pat qoplamini almashtirishga yashirin, tinch joylar kerak. Yil fasllarining almashinuvi qushlarni qulayroq sharoitlar topish maqsadida migratsiya va uzoq masofalarga parvoz qilishga majbur qiladi.

Shuning uchun yiliga ikki marta, kuz va bahor mavsumida butun dunyo bo’ylab milliardlab qushlar uyalash joylaridan qishlash joylariga va aksincha yo’nalishda uzoq sayohatga yo’l oladilar. Bu o’n minglab kilometrlarga cho’zilgan o’ta toliqtiruvchi va xatarli yo’ldir! Ko’chib o’tuvchi barcha qushlar orasida Arktikadan Antarktikaga ko’chib o’tuvchi yagona qush oq qanotli chigirtchi eng uzoq masofani, qariyb 70 ming kilometrni uchib o’tadi! Ko’chib o’tuvchi qushlar ozuqa tanqisligi, yirtqichlar hamlasi, og’ir ob-havo sharoitlari, dengizlar, tog’ tizimlari va suvsiz sahrolarni uchib o’tishga bardosh berishlari lozim.

O’zbekiston uchib o’tish yo’llari kesishuvida joylashgan, shu bois yurtimizda 460 dan ortiq qushlar turi uchraydi, ulardan 117 tasi ko’chib o’tuvchi turlar hisoblanadi. WMBD ning maqsadi ko’chib o’tuvchi qushlar va ularning yashash muhitlari, ular uchratishi mumkin bo’lgan xavf-xatarlar, ularning ekologik ahamiyati hamda ularni muhofaza qilish borasida xalqaro hamkorlik haqida odamlarga yetkazish hisoblanadi. Oldingi yillar kabi WMBD yurtimizda qushlarni muhofaza qilish jamiyatining Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasidagi talabalar klublarining a’zolar tomonidan nishonlanadi.

 


2018-05-02

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika