Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > SAMARALI HAMKORLIK YO‘LIDA...

SAMARALI HAMKORLIK YO‘LIDA...

2018-yil 25-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qayta tashkil etilganligining bir yilligi, Prezident farmoni bilan yuklatilgan vazifalarning bajarilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkzildi. Anjumanni Qo‘mita raisi Bahrom Qo‘chqorov ochib, ishtirokchilarga tizimda amalga oshirilgan islohotlar, ekologik holatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar sog‘lig’iga zararli ta’sirining oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, maishiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish tizimini yanada takomillashtirish sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda vazifalar to‘g‘risida axborot berdi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil edi. Tadbir davomida Qo‘mita faoliyatining asosiy ustivor yo‘nalishi – maishiy chiqindilarni kompleks boshqarish tizimini tashkil etish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarda davlat boshqaruvi va ekologik nazoratni takomillashtirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Mamlakat Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi Qarori bilan 2017–2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tubdan yaxshilash yuzasidan kompleks dastur qabul qilindi. O‘tgan davrda maishiy chiqindilarni boshqarish sohasida tubdan yangi tizim joriy qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishga ixtisoslashgan “Toza hudud” davlat unitar korxonalari va ularning 174 ta tuman (shahar) filiallari tashkil etilib, 5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Tuman (shahar) hokimiyatlarining obodonlashtirish boshqarmalaridan maxsus texnika, chiqindi to‘plash maydonchalari, poligonlar “Toza hudud” korxonalariga o‘tkazildi. Shuningdek, 2017-yilda 129 ta assenizatsiya mashinalari xarid qilindi, 304 chiqindi to‘plash maydonchalari qurilib, 2 651 ta chiqindi konteynerlari bilan jihozlandi hamda 97 ta chiqindi poligonlari tartibga keltirildi. Ko‘rsatilgan xizmatlar avtomatlashgan hisob-kitobini yuritish, maxsus texnikalar harakatini “on-layn” rejimda kuzatish bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilinmoqda. 2016-yilda obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan bor yo‘g‘i 1,3 mln. aholi (5%) qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari bilan qamrab olingan edi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, bugungi kunda, “Toza hudud” korxonalari tomonidan tuman markazlari va qishloqlarda istiqomat qiluvchi 9,4 mln. aholiga (38%) xizmat ko‘rsatilishiga erishildi. 2018-yilda qo‘shimcha 283 ta maxsus texnika xarid qilinishi natijasida bu ko‘rsatkich 56 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Sanitar tozalash xizmatlari bilan 100 foiz aholi qamrab olinishi uchun qo‘shimcha 1 041 ta maxsus texnika xarid qilinishi talab etiladi. Shuningdek, respublikamizning Angren, Buxoro, Guliston, Jizzax, Navoiy, Nukus, Termiz, Urganch, Qarshi shaharlarida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan ajratilgan qariyb 40 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari evaziga davlat-xususiy sherikchilik asosida qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha klasterlarni tashkil etish choralari ko‘rilmoqda. Hozirda Buxoro shahrida tashkil etilgan klaster to‘liq faoliyat ko‘rsatmoqda. Matbuot anjumanida ekologik nazoratni amalga oshirish yuzasidan 4 mingdan ortiq tezkor nazorat tadbirlari o‘tkazilib, 5 mingta noqonuniy chiqindixona bartaraf etilgani e’tirof etildi. Shuningdek, chiqindilar bilan bog‘liq qonunchilik talablarini buzgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilib, 371,2 mln.so‘m jarima rasmiylashtirilgan. Shu bilan birga, sohadagi bir qator muammoli masalalar tilga olindi. Xususan, mahalliy hokimliklar tomonidan “Toza hudud” korxonalaridagi maxus texniklarni boshqa yo‘nalish va ishlarga jalb etish holatlari ko‘plab uchramoqda. Oqibatda maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvallari buzilmoqda, aholi tomonidan ko‘plab e’tirozlar bildirilmoqda, “Toza hudud” korxonalari xarajatlari oshib ketmoqda. 1970–1990-yillarda respublikaning ayrim hududlarida tashkil etilgan maishiy chiqindi poligonlarining aksariyati zamon talablariga javob bermaydi. Ushbu poligonlarni tartibga keltirish ishlari sust olib borilmoqda. Ayniqsa, maishiy chiqindi poligonlarining faoliyatini sanitar-gigienik talablar asosida tashkil etish, poligonlardagi mavjud va kunlik chiqindilarni tartibga keltirish ishlari uchun maxsus texnikalar yetishmaydi. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini to‘la yo‘lga qo‘yish borasida aholi bilan shartnomalarni tuzish va to‘lovlarni undirish bo‘yicha qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni undirish ko‘rsatkichi 52 foizni (Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 22 %, Qashqadaryo viloyatida - 32 %, Farg‘ona viloyatida - 40 %, Namangan viloyatida - 38 %, Samarqand viloyatida - 45 %, Xorazm viloyatida - 46 %, Andijon viloyatida - 48 %) tashkil etib, 14 mlrd. so‘mlik debitor qarzdorlik vujudga kelgan. Bu esa, o‘z navbatida, “Toza hudud” korxonalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga salbiy ta’sir etmoqda. Mazkur masalada mahalliy hokimliklar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan etarli darajada amaliy yordam berilmayapti. Tadbirda mavjud muammolarni hal etish maqsadida maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha Qo‘mita tomonidan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilganligi ta’kidlab o‘tildi. Qo‘mita tomonidan 16 mingdan ziyod atrof-muhitni ifloslantiruvchi manba monitoring qilindi. Bunda me’yorlardan ortiq atrof-muhitni ifloslantiruvchi 694 manba aniqlandi va qariyb 1,5 mlrd so‘m miqdorida to‘lov va jarimalar belgilandi. Atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonun talablarini buzganlik uchun 15,1 ming nafar mansabdor shaxs va fuqarolarga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilgani va 2 245 ta obyektga nisbatan da’volar taqdim etilgani e’tirof etildi. Daryo o‘zanlarini mustahkamlashga noqonuniy yer ajratish bo‘yicha hokimlarning 300 ta qarori bekor qilindi, 43 ta shaxs bo‘yicha 36 ta material huquqni muhofaza qilish idoralariga taqdim etildi. Qo‘mita tomonidan o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 5 548 nafar huquqbuzar shaxslar ushlanib, ulardan 2 mlrd. so‘mga yaqin jarima va tabiatga yetkazilgan zararlar undirilgan. Ta’kidlanganidek, noqonuniy ravishda daraxt kesilishiga oid jismoniy shaxslar tomonidan jami 579 ta murojaatlar kelib tushgan. Bu sohada jami 2 mingdan ortiq huquqbuzarlik holatlari fosh etilib, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 1 mlrd.dan ortiq so‘mlik zarar undirilgan. Bundan tashqari, yig‘ilishda amaldagi qonunchilik qayta ko‘rib chiqilib, o‘simlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun belgilanadigan da’vo summalari, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun to‘lov summalari miqdorlarini xalqaro mezonlardan kelib chiqqan holda indeksatsiya qilish, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilgani qayd etildi. Tadbirda tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaffoflikni va samaradorlikni ta’minlash maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq etgan holda davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish jarayonining elektron tizimini qisqa muddatlarda ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanganligi ma’lum qilindi. Anjumanda ishtirokchilarga joriy yilning 5–8-iyun kunlari “Markaziy Osiyoda atrof-muhit va barqaror rivojlanish sohasida hamkorlikni mustahkamlash” mavzusida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumiga tayyorgarlik doirasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi. Aholining ekologik madaniyatini va bu sohadagi huquqiy savodxonligini oshirish, ekologik ta’lim tizimini shakllantirish, ekologik targ‘ibot ishlarini tashkil etish borasidagi faoliyat sust olib borilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

2018-04-25

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika