Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > “Toza havo” oyligi davom etmoqda

“Toza havo” oyligi davom etmoqda

Namangan viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlarda sog‘liqni saqlash, ichki ishlar boshqarmalari vakillari, tuman va shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyalari mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Tadbir avtotransport vositalaridan chiqayotgan zararli gazlarning atmosfera havosiga ta’sirini kamaytirish, haydovchilarning atrof-muhitni asrash borasidagi mas’uliyati, ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Dizel yonilg‘isi va benzinda ishlaydigan avtotransport vositalari harakatlanganda havoga is gazlari, uglevodorod va boshqa turdagi birikmalar, kanserogen moddalar chiqaradi. Bu, ayniqsa, insonlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tabiiyki, avtotransport vositalari texnik sozligini ta’minlash ekologik muammolarni kamaytirishning muhim shartidir.

– Oylikning birinchi bosqichida Namangan viloyatida 6500 ta avtotransportni tekshiruvdan o‘tkazish rejalashtirilgan, – deydi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassisi Bunyodbek Ahmadaliyev. – “Toza havo” tadbirining dastlabki kunlarida yo‘l harakati xavfsizligi maskanlari, serqatnov magistrallar, avtokorxonalar kirish-chiqish joylarida qariyb 2751 avtotransport nazoratdan o‘tkazildi, ularning 46 tasida chiqindi gazlar miqdori davlat standartida belgilangan darajadan yuqoriligi aniqlandi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan transport vositalari ekosozligini me’yorlashtirish choralarini ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tadbir doirasida avtotransport korxonalari mehnat jamoalarida ekologlar, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va tibbiyot xodimlari ishtirokida mashinalar texnik sozligini ta’minlashga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Axborot xizmati

 


2018-04-20

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika