Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Plastik idishdagi qadoqlangan suv xavfsizmi?

Plastik idishdagi qadoqlangan suv xavfsizmi?

Plastik idishdagi qadoqlangan suv xavfsiz hisoblanadi. Bugungi kunda aksariyat yurtdoshlarimiz vodoprovod suvini ichmay, balki plastik idishdagi suvni sotib olishmoqda.

Q.Shoyev, 51 yosh. Toshkent shahri:

– Men va oila a’zolarim doim qadoqlangan suvni ichamiz. Chunki vodoprovod suvi xlorlanadi, u salomatlikka zarar yetkazmay qolmaydi.

Sh.Karimova, 47 yosh, Chiroqchi tumani Qashqadaryo viloyati:

– Tumanimizda suv muammosi to‘liq o‘z yechimini topgani yo‘q. Suvni artezian quduqlardan ichamiz va kundalik turmushda foydalanamiz. Albatta, zarur paytlarda qadoqlangan suvni iste’mol qilamiz. Chunki uning sifati kafolatlangan va u ancha toza.

Z.Botirov, 34 yosh. Toshkent shahri:

– Men doimo vodoprovod suvini ichaman. Chunki uni toza, deb bilaman. Ammo ko‘cha-ko‘yda, albatta qadoqlangan suvni ichaman. Shubhasiz, uning sifati vodoprovod suvidan ancha yuqori.

Albatta, bugungi kunda plastik idishlarga qadoqlangan suv toza, xavfsiz ko‘rinishga ega. Aksariyat odamlar uni o‘ta xavfsiz hisoblab, o‘z ehtiyojlari uchun, aynan qadoqlangan suvdan foydalanishadi. Ammo u haqiqatan ham xavfsizmi?

Bugungi kunda qadoqlangan suv dunyo miqyosida eng xaridorgir mahsulot sanalib, yillik tovar aylanish hajmi 147 mlrd AQSH dollariga teng. AQSHning “Orb Media” nodavlat tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvga ko‘ra, bir litrlik plastmassa idishdagi qadoqlangan suvning tarkibida minglab mikroskopik plastik bo‘lakchalar mavjud. Orb Medianing ta’kidlashicha, Osiyo, Yevropa, AQSH, Afrikaga qadoqlangan suvni sotish bo‘yicha mashhur savdo belgilari mahsulotlarining tozaligini tekshirish-tadqiqot ishlari professor Sherri Meyson tomonidan amalga oshirilgan. Ko‘zga ko‘rinmas mikroplastikni aniqlash uchun olim va uning hamkasblari maxsus buyoq bilan suvni bo‘yab, ko‘k lampa ostida infraqizil lazer yordamida tekshirishganida, har bir savdo belgisi mahsulotida ozmi-ko‘pmi mikroplastik borligi qayd etilgan.11 ta jahonga taniqli savdo belgisi ostida chiqarilgan 250 dona qadoqlangan suvning tarkibidan polipropilen, neylon va polietilentereftalat (PET) topilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bir litr qadoqlangan suvda 314,6 milligramm mikroplastik bo‘lakchalari borligi aniqlangan. Demak, bir yilda odam “toza” suvni ichishi bilan o‘rtacha 24375 dona mikroplastik bo‘lakchalarini “hazm” qiladi.

Dunyoga mashhur Nestle kompaniyasining qadoqlangan ichimlik suvida ham har bir litrga 5 mg. gacha plastik mikroqismlar borligi aniqlangan. Boshqa savdo belgilari esa, o‘z mahsulotlari borasida aniqlangan natijalarning chop etilishiga rozilik bermagan.

Bugungi kunda dunyo okeani, dengizlar, daryolar, botqoqlar foydalanish jihatdan juda ham qulay bo‘lgan plastik chiqindilar bilan ifloslangan. Juda ko‘p dengiz jonivorlari plastik va plastmassa mahsulotlarini yutishlari oqibatida xalok bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda qadoqlangan suvga ehtiyoj ortganligi sabab, obi hayot bilan birga inson tanasiga kirayotgan plastik miqdori ham ortmoqda. Oqibatda, ular insonning ichaklari, talog‘i va jigarida qo‘nim topib, turli xil allergik kasalliklar, hatto saratonni ham keltirib chiqarishi mumkin.

 

Nargis QOSIMOVA

 


2018-04-19

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika