Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Qorasuv suv omborida turnalar “sayli” davom etmoqda

Qorasuv suv omborida turnalar “sayli” davom etmoqda

Payariq va Jomboy tumanlariga chegaradosh hududdagi Qorasuv suv omboriga turnalar kelib qo‘nmoqda. Ular issiq o‘lkalardan vataniga qaytayotib, shu yerlarda to‘xtab dam olishni ma’qul ko‘rishmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyati a’zosi, biologiya fanlari nomzodi Natalya Marmazinskaya o‘zining “Facebook”dagi sahifasida ma’lum qildi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, turna va ko‘plab boshqa turdagi qushlar har yili migratsiya davomida shu hududda to‘xtab o‘tishadi. Ularni bu yerda, asosan fevralning oxiridan boshlab aprelning so‘nggi kunlarigacha ko‘rish mumkin. Joriy yilda bu hududda mutaxassislar bir kunda qushlarning 45 turini qayd qilishgan.

– Qorasuvga turnalarning uch turi uchib keladi, ulardan biri – sterx turnasi kamyob bo‘lib, bir necha, shu jumladan bizning davlatimizda “Qizil kitob”ga kiritilgan, – deydi biz bilan suhbatda Natalya Marmazinskaya. Biz "byordvotching", ya’ni qushlarni kuzatish, sanash va o‘rganish jarayoni davomida bir kunda 3 mingga yaqin turna uchib kelganini qayd qildik. Shuningdek, qushlar orasida loyxo‘raklar, yirtqich qushlar va boshqalarni ham uchratdik.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu yerda boshqa tabiat shaydolari uchun ham byordvotchingni yo‘lga qo‘yish mumkin. Biroq bunda juda ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rish kerak. Jumladan,  qushlarni shovqin chiqarmasdan, atrof-muhitni ifloslantirmasdan, kamida 500 metr naridan turib kuzatish lozim.

 


2018-04-18

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika