Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Yaponiyaliklar Orol dengizi haqida material tayyorlaydi

Yaponiyaliklar Orol dengizi haqida material tayyorlaydi

Yaponiyaning mashhur nashri - “Asahi Shimbun” gazetasining ijodiy jamoasi joriy yilning 28-aprel – 6-may kunlari Qoraqalpog‘istonda ijodiy safarda bo‘ladi. Bu haqida Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar bermoqda. 

Tashrifdan maqsad – Orol dengizi haqida reportaj tayyorlash, shu jumladan Orolbo‘yining ekologik ahvolini o‘rganish, hududdagi muammolarni yechishda Yaponiya hukumati bilan xalqaro hamkorlik, shuningdek, donorlik tashkilotlar bilan ilmiy-akademik hamkorlik doirasida Yaponiya hamjamiyatining diqqat-e’tiborini ushbumuammolarni yechishga qaratish hamda kelgusida grant va texnik mablag‘larni jalb qilishni yo‘lga qo‘yishdir. 

Yaponiyadagi eng yirik uchta nashrning biri hisoblangan “Asahi Shimbun” gazetasi (1879 yildan boshlab chiqib boshlagan)ga kelgusi yili 140 yil to‘ladi. Sakkiz million nusxada chop qilinadigan gazeta o‘z sahifalarida (http://www.asahi.com) Yaponiyaning, shuningdek, dunyo davlatlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-gumanitar 
sohalaridan materiallar tayyorlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Buyuk Britaniyaning jahonga taniqli BBC teleradiokorporatsiyasining butun dunyo xizmati ijodiy jamoasi ham Orol muammosi haqidagi qisqametrajli filmni suratga olgan edi.

 

O‘zA 


2018-04-17

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika